Hodisa

Sirdaryo viloyatida yigit ikki o‘smirni urib ketib, o‘ldirdi

Haydovchi sakkiz yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sirdaryo viloyatida yigit ikki o‘smirni urib ketib, o‘ldirdi
Фото: Ситуативное

“Zamon” dasturida xabar berilishicha, Sirdaryo viloyatida yigit maktabdan qaytayotgan ikki bolani urib o‘ldirdi.

Voqea Sardoba tumanida yuz bergan. Otasining mashinasini boshqarayotgan yigit Paxtobod — Yangiobod yo‘lida ruxsat etilgan tezlikdan deyarli ikki baravar yuqori — 118 km/soat tezlikda harakatlanayotgan edi. U oldinda ketayotgan mashinaga urilib ketmaslik uchun tezlikni yanada oshirib, rulni keskin burgan, natijada mashina yo‘l chetiga chiqib, u yerdan o‘tib ketayotgan o‘smirlarni urib yuborgan. Maktab o‘quvchilari olgan og‘ir jarohatlar oqibatida halok bo‘lishgan.

Sudda marhumlarning qonuniy vakillari ayblanuvchiga eng qattiq jazo berilishini talab qilishdi. Sud qarori bilan haydovchi 8 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi hamda 3 yil mobaynida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

Bundan oldin Toshkentda mast haydovchi piyodani urib yuborgandi. Erkak mastlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishni so‘ragan YPX xodimlariga baqirib, qarshilik ko‘rsatgan.

Izohlar

Mavzuga oid