AQShda Oq uy ma’muriyati mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etayotgan noqonuniy muhojirlar uchun mukofot miqdorini oshirmoqchi, deb xabar bermoqda mamlakat ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar 2025-yil oxirigacha o‘zini deportatsiya qilish uchun ariza bergan noqonuniy shaxslarga 3 ming dollargacha to‘lashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, hukumat muhojirlar uchun samolyot chiptasini to‘lashni va migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar va boshqa jazolarni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Ushbu Rojdestvo mavsumida amerikalik soliq to‘lovchilar noqonuniy muhojirlarni o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga rag‘batlantirishni saxiylik bilan uch baravar oshirdilar. Yil oxirigacha CBP Home App ilovasi yordamida mustaqil ravishda deportatsiya qilingan noqonuniy migrantlar 3 ming dollar miqdorida bonus olishlari mumkin, — dedi u.

Qayd etilishicha, 2025-yil boshidan beri AQShga o‘zini o‘zi deportatsiya qilish imkoniyatidan 1,9 million noqonuniy muhojir foydalangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH rasmiylari buning uchun 1000 dollar to‘lashga va’da bergandi. O‘z vataniga qaytish uchun migrantlarning o‘zlari CBP Home mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan. Buning natijasida ular kelajakda AQShga qonuniy ravishda qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, hukumat ularga bepul aviaqatnovni tashkil qildi, shuningdek, bir martalik 1000 dollar to‘ladi.