Yaponiyaning eng nufuzli ingliz tilidagi nashrlaridan biri, Yomiuri Shimbun media guruhiga kiruvchi The Japan News nashri O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar rivoji haqida maqola e’lon qildi.
Material mualliflari O‘zbekistonda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ta’kidladilar. Amalga oshirilayotgan islohotlar respublikani butun Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi yaqinlashuvni ilgari suruvchi “lokomotiv”ga aylantirdi.
Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining muntazam uchrashuvlari, chegara masalalari bo‘yicha kelishuvlar, shuningdek, infratuzilma va savdo sohasidagi integratsiya ta’kidlanmoqda. Yaponiya O‘zbekistonga nafaqat ishonchli strategik sherik, balki Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun asosiy “darvoza” sifatida qaraydi.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonga transport, energetika, raqamli infratuzilma va xavfsizlik sohalarida mintaqaning asosiy mamlakati sifatida qaraydi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 19-20 dekabr kunlari Yaponiyada qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi.




























