Dunyo

Pokistondan pulsiz qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Diplomatlar ayolning holatini alohida nazoratga olgan.

Pokistondan og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol elchixonaga murojaat qilib, og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligini, yashash va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mablag‘i yo‘qligini aytgan. Shu munosabat bilan diplomatlar vatandoshimizning ishini alohida nazoratga olib, unga zarur yordam ko‘rsatdi.

Mutaxassislar ayolga O‘zbekistonga qaytish uchun maxsus konsullik ma’lumotnomasi berishdi, shuningdek, elchixona xodimlari va homiylar yordamida aviachipta sotib olishdi. O‘zbekistonlik ayol Islomobod-Toshkent reysi bilan vataniga muvaffaqiyatli qaytdi.

Avvalroq Rossiyadan oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandlari qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Erkak noqonuniy muhojir bo‘lgani uchun ishlay olmagan, xotini bolalari bilan vataniga qaytishga qaror qilgach, pasportini olib qo‘ygan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная