Dunyo

Dunyoda karbonat angidrid chiqindilari ortib bormoqda

2024-yilda bu ko‘rsatkich yangi tarixiy maksimumga yetdi.

Energetika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda karbonat angidrid chiqindilari 40,8 milliard tonnani tashkil etib, yangi tarixiy maksimumga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ekspertlar bunday ma’lumotlarni 2024-yil uchun olgan. Xususan, bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 1 foizga oshgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunga iqlim sharoiti sabab bo‘lgan, chunki 2024-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi, shuningdek, dunyoda barcha turdagi energiya iste’moli ortib bormoqda.

Qayd etilishicha, dunyoda energiyaga bo‘lgan talab 2 foizga oshgan, bunda neft, gaz va ko‘mirdan tortib atom, gidro va qayta tiklanadigan energiyagacha bo‘lgan barcha manbalar o‘sishni ko‘rsatgan. Chiqindilar ko‘payishining asosiy sabablari tabiiy gaz va ko‘mir bo‘ldi. 16 foizga shamol va quyosh energiyasi qo‘shildi, bu umumiy energiya iste’moli o‘sishidan to‘qqiz baravar ko‘pdir.

Biroq, bu sur’atlar ham qazib olinadigan yoqilg‘i chiqindilarining o‘sishini to‘xtatish uchun yetarli emas edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dunyo COP28 iqlim paktida e’lon qilingan 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalari quvvatini uch barobar oshirish maqsadidan ancha orqada qolmoqda.

Olimlar yana bir sabab sifatida global energiya zanjirlarini buzgan, neft va gaz oqimlarini qayta taqsimlagan bir qator mamlakatlarning qurolli mojarolarini keltirdi. Bu, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarni qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni kuchaytirishga majbur qildi, bu esa chiqindilarning ko‘payishiga olib keldi va Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 da tuzilgan global iqlim kelishuvlarining samaradorligini shubha ostiga qo‘ydi.

KPMG va Kearney konsalting kompaniyalari tahlilchilari, shuningdek, dunyo 2050-yilga borib nol emissiya maqsadiga erisha olmasligi mumkinligidan ogohlantirdi, chunki buning uchun neft, gaz va ko‘mirdan yanada qat’iy voz kechish hamda siyosat va investitsiyalar darajasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlash zarur.

Avvalroq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ifloslangan havo tufayli yiliga minglab odamlar bevaqt vafot etayotgani haqida xabar berilgandi. Mutaxassislar ma’lumotlarni tahlil qilib, havo ifloslanishi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlatni aytgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная