BMT yangi inson huquqini e’tirof etdi
Yig‘ilishda 98 ta davlat va 12 ta tashkilot vakillari ishtirok etdi.

BMT Xalqaro sudi 98 davlat va 12 tashkilot vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi va toza atrof-muhitni inson huquqi deb e’lon qildi, deb yozadi DW.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro sud o‘z qarorida “toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhit” inson huquqi ekanligini e’tirof etgan. Shuningdek, sud raisi Yudzi Ivasova tashkilot global isishni maksimal 1,5 °C gacha cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi.
Ushbu yuridik xulosa majburiy bo‘lmasa-da, ekspertlarning fikricha, u butun dunyo bo‘ylab iqlim jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qayd etilishicha, kichik orol va rivojlanayotgan davlatlar uzoq vaqtdan beri BMTning oliy sud instansiyasini iqlim muhofazasini xalqaro huquq doirasidagi majburiyat sifatida tan olishga chaqirib keladi.
Avvalroq Braziliyada BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasini o‘tkazish uchun gektarlab daraxtlar kesilgani haqida xabar berilgandi. Mamlakat prezidenti, garchi ilgari o‘rmonlarni saqlab qolish masalasini ko‘targan bo‘lsa-da, tadbir “Amazoniya masalasida emas, Amazoniyada bo‘lib o‘tishini” aytdi.
Izohlar