Avto

Rasmiylar yana avtomobillarga eko-stikerlar joriy etishni keyinga qoldirdi

Endilikda dasturni to‘liq amalga oshirish 2035-yilga mo‘ljallangan.

машины парковки
Фото: ситуативное

Avvalroq O‘zbekistonda Toshkentdan boshlab “Ekologik transport” tizimi ishga tushirilishi, unga ko‘ra shahar va viloyatlar ekologik hududlarga bo‘linishi, avtomobillarga tegishli stikerlar berilishi haqida xabar berilgandi.

Tizim 2024-yil 1-iyundan ish boshlashi kerak edi, biroq rasmiylar uning boshlanishini to‘qqiz oyga, 2025-yil 1-martga qoldirdi. Birinchi bosqich Toshkentni qamrab olishi kerak edi, hokimiyat tizimni 2026-yilgacha to‘liq joriy etishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik, 2028-yilgacha xuddi shunday taqdir Nukus, viloyat markazlari boshiga tushadi. Uchinchi bosqichda tizim O‘zbekistonning qolgan qismiga ham tatbiq etiladi.

Endi stikerlarni joriy etish sanasi Toshkent shahrida 2026-yil 1-yanvarga, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda zarur hollarda alohida ekohududlarda (turbaza, qo‘riqxona, sanatoriy va dam olish maskani) — 2028-yilga, butun O‘zbekiston bo‘yicha esa 2031-yilga ko‘chirildi. Endilikda dasturni to‘liq amalga oshirish 2035-yilga mo‘ljallangan.

Hudud havoning ifloslanishiga qarab qizil, sariq va yashil zonalarga yoki toza, o‘rtacha va zararli zonalarga bo‘linadi. Haydovchilarga old oynaga yopishtiriladigan tegishli ekologik stikerlar beriladi. Ruxsatnomasi bo‘lmagan transport vositalarining ekologik zonalarga kirishi qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari tomonidan nazorat qilinadi.

Ekologik zonalar hududlarida va ularning chegaralarida aholini qulay xabardor qilishni ta’minlaydigan belgilar o‘rnatilishi nazarda tutilishi kerak. Ma’lumotlar onlayn platformalarda ham e’lon qilinishi kerak.

Avtotransport vositalarining ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholash uchun ishlab chiqaruvchining ekologik sinf (“Yevro”) to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Tegishli hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mashinani diagnostika qilish IIV huzuridagi Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная