O‘zbekistonda yozda o‘n minglab haydovchilar YHQni buzgani uchun jarima ballari oldi
Shu bilan birga, qoidabuzarliklar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi.

O‘zbekistonda iyundan avgustgacha bo‘lgan uch oy ichida 60 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llanildi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.
Tahlil natijalariga ko‘ra:
- 5 ball — 4 kishi;
- 4 ball — 14 kishi;
- 3 ball — 129 kishi;
- 2 ball — 4976 kishi;
- 1 ball — 63 974 kishi.
Ushbu davrda 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan. Bu 2024-yilning shu davriga (285 ming) nisbatan 58 foizga kam. Shuningdek, haydovchilar aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 531 tadan 338 taga, ya’ni 36 foizga kamaygan. Shu bilan birga, 9,3 milliondan ortiq haydovchiga birorta ham jarima balli berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab yo‘l harakati uchun jarimalarning balli tizimi ishga tushirildi. YHXBB haydovchilarni 12 ball olish va undan keyin haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish osonroq ekani haqida ogohlantirdi.
Ilgari xabar qilinganidek, haydovchilar YHQ buzilgani uchun jarima ballari miqdorini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali bilib olishlari mumkin.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda YHQni buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi O‘zgarishlar BHM miqdorining oshishi bilan bog‘liq.
Izohlar