Andijonda Cobalt haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, Damas`ni urib yubordi
Haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan, tergov boshlangan.

Andijon viloyatida 14-noyabr kuni ikki yengil avtomobil to‘qnashdi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa soat 11:30 larda Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tuvchi “Xo‘jaobod—Qoratoyb” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi chapga burilib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Damas’ni o‘tkazib yubormagan. Natijada mashinalar to‘qnashib ketgan.
Damas haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Damas va Onix haydovchilari halokatli YTHga uchragandi. Haydovchilardan biri yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, bu esa avariyaga sabab bo‘lgan.
Izohlar