O‘zbekistonlik sportchilar boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
Terma jamoa 13 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Boks bo‘yicha U19 Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Tailandda bo‘lib o‘tgan. Milliy terma jamoa quyidagi yo‘nalishlarda 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi:
Oltin:
- -60 kg: Sevara Mamatova;
- +80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova;
- -65 kg: Jahongir Zayniddinov;
- -70 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov;
- -80 kg: Norbek Abdullayev;
- -85 kg: Samir Sobirov;
- +90 kg: Islom Solihov.
Kumush:
- -70 kg: Rayhona Qurbonboyeva;
- -48 kg: Maftuna Musurmonova;
- -75 kg: Muhammadjon Yakubboyev;
Bronza:
- -60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov;
- -75 kg: Maftuna Yangiyeva;
- -81 kg: Ruhshona Parpiyeva.
Shu tariqa, sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. 11 avgust kuni Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi qit’a chempionatining final janglari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq o‘zbekistonlik sportchilar kurash bo‘yicha Gretsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunlagani haqida xabar berilgandi. Terma jamoa 4 ta oltin medal bilan vatanga qaytadi.
Izohlar