O‘zbekistonlik sportchi Muhayyo Rahimjonova sport kurashlari bo‘yicha U-17 jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Gretsiyada bo‘lib o‘tmoqda. -65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi finalgacha yetib borishga muvaffaq bo‘ldi va faqat hal qiluvchi bahsda Hindiston vakilasiga imkoniyatni boy berdi.
Natijada Muhayyo Rahimjonova U-17 Jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda musobaqalar davom etmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik sportchilar kurash bo‘yicha Gretsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunlagani haqida xabar berilgandi. Terma jamoa 4 ta oltin medal bilan vatanga qaytadi.























