Sport

Abdurahim Nutfullayev musobaqaning ilk kunidayoq “Katta dubulg‘a” chempioniga aylandi

Sportchi barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonlik sportchi Abdurahim Nutfullayev musobaqaning ilk kunidayoq “Katta dubulg‘a” chempioniga aylandi, deya xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Katta dubulg‘a” turniri Ulan-Batorda bo‘lib o‘tmoqda. -66 kilogramm vazn toifasida Abdurahim Nutfullayev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi.

Sportchi final bahsida 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori moldovalik Denis Viyerani mag‘lub etib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik sportchilar birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi. Milliy terma jamoa musobaqa mezbonlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan va 29 ta medalni qo‘lga kiritgan.

Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная