Jahon bozorida oltin narxi 2025-yilda tarixiy maksimumni yangilashda davom etmoqda, deb yozadi TASS.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-oktyabr kuni Comex birjasida 2025-yil dekabrda yetkazib beriladigan oltin fyucherslari narxi birinchi marta bir troya unsiyasi uchun 3900 dollardan oshdi.

Aniqlik kiritilishicha, eng yuqori cho‘qqida qimmatbaho metall narxi troya unsiyasi uchun 3 904,1 dollarni tashkil etgan. Keyinchalik oltin narxi o‘sishni sekinlashtirdi va bir troya unsiyasi uchun 3 893,8 dollarni tashkil etdi.

Mavzuga doir:
Dollar kursining tushishi nega O‘zbekistonda narxlarni pasaytirmayapti? Iqtisodchi tovar va xizmatlar arzonlashuvining asosiy sabablarini sanab o‘tdi.