Pul

O‘zbekistonda qamoqdan ozod qilinganlar uchun nafaqalar tasdiqlandi

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganidan keyin bir oy ichida ariza topshirish kerak bo‘ladi.

Фото: Ситуативное

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqalarni tayinlash E-probatsiya axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab bir oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalariga shaxsan murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Shundan so‘ng vakolatli organ ish kuni mobaynida ariza beruvchini nafaqa tayinlanganligi to‘g‘risida xabardor qiladi, shuningdek to‘lovni olish uchun tijorat banki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Bunda nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o‘tayotganligi yoxud jazoni o‘tashdan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida bir oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, nafaqa miqdori BHMning 6 baravari (2,2 mln so‘m) ni tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda mahkumlarning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqi mustahkamlanishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, mahkumlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish organlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная