O‘zbekiston yuqori daromadli mamlakatlar darajasiga yetishi uchun necha yil kerak? — JB prognozi
Mamlakat reytingni Markaziy Osiyoda eng kech kesib o‘tishi mumkin.

Jahon banki prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bo‘yicha rivojlangan davlatlar darajasiga Markaziy Osiyoda eng oxirgi o‘rinlardan birida chiqadi.
Tasnifga ko‘ra, mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bo‘yicha daromadlarning to‘rt guruhiga bo‘linadi: past — 1 145 dollargacha, o‘rtachadan past — 1 146 dollardan 4 515 dollargacha, o‘rtachadan yuqori — 4 516 dollardan 14 005 dollargacha, yuqori — 14 005 dollardan yuqori.
Daromad darajasi 14 ming dollardan yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingiga birinchi bo‘lib Turkmaniston va Qozog‘iston kiradi, buning uchun ularga 30 yildan kamroq vaqt kerak bo‘ladi. Qirg‘iziston bu darajaga 70 yildan keyin chiqishi mumkin, O‘zbekiston va Tojikistonga buning uchun 100 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Prognoz uchun so‘nggi 10-yildagi o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichlaridan foydalanildi. Bu davr pandemiya tanazzulini, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda daromadlarning pasayishini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasidan keyin aholi jon boshiga daromadlarning o‘sish sur’atlarini hisobga olsak, Qozog‘iston 2026-yilda, Turkmaniston 2034-yilda, Tojikiston 2037-yilda, O‘zbekiston 2042-yilda 14 ming dollardan oshishi mumkin.
Ilgariroq prezident iqtisodiyotning resurslarni tejaydigan modeliga o‘tish zarurligini e’tirof etgandi. Shavkat Mirziyoyev davlat dasturi loyihasi yuzasidan kengash o‘tkazgan.
Izohlar