Buxoroda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari narxlari oshdi Buxoro viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari narxlari oshdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab viloyat hududida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun yangilangan tariflar kuchga kiradi. Xususan, endilikda aholi ichimlik suvi uchun QQSsiz 1 kub metr uchun 4 000 so‘m to‘laydi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 1 kub metr uchun narx 8 500 so‘mgacha ko‘tarildi.

Iste’molchilar uchun kanalizatsiya xizmatlari narxi ming so‘mga oshib, QQSsiz 1 kub metr uchun 3 800 so‘mni tashkil etdi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun narx 1 kub.m uchun QQSsiz 5 600 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq o‘zbekistonliklarga suv ta’minotidagi qanday qoidabuzarliklar haqida xabar berganlik uchun pul to‘lanishi tushuntirilgani xabar qilingandi. Suv xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri talqinlarga izoh bergan.