O‘zbekiston

Yomg‘ir va kuchli shamol: 25-iyun kuni ob-havo

Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

25-iyun kuni O‘zbekistonda issiq va kuchli shamol bilan chang-to‘zonlar kuzatiladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
  • Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная