Yog‘ingarchiliksiz jazirama: 30-iyun uchun ob-havo
Ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi.

30-iyun kuni O‘zbekistonda asosan yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet axborot xizmati.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
- respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izohlar