Yog‘ingarchilik va changli shamol: 5-avgust uchun ob-havo
Harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda 5-avgust kuni 40 darajagacha issiq, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, kuchli shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, cho‘l hududlarda 26-29° gacha, kunduzi 33-38°;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Izohlar