Toshkentning uchta tumani aholisi qisman gazsiz qoladi — manzillar
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

1-avgust kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): 2-Charx Kamolon mahallasi;
- Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Qumariq” mahallasi;
- Bektemir tumani (soat 10:00 dan 14:00 gacha): “Oltintopgan” mahallasi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga doir: Elektr va gaz tariflarining oshishi inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank tartibga solinadigan narxlarning oshishini kutmagan edi, regulyator bayonot berdi.
Izohlar