Toshkentning 5 ta tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar
Mutaxassislar rejali ta’mirlash ishlarini olib boradi.

23-iyul kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning beshta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Shayxontohur”, “Janggoh” va “Zafarobod” mahallalari, 14 ta ko‘p qavatli uylar, 35 ta xususiy uylar, ulgurji iste’molchilar: 20;
- Olmazor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): Sebzor mahallasi, 2 ta ko‘p qavatli uy;
- Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Qutbaraka”, “Sadoqat”, “Bunyodobod”, “Yangi Bunyodobod” mahallalari, 783 ta xususiy uy, 26 ta ko‘p qavatli uy, ulgurji iste’molchilar: 22;
- Yangihayot tumani (soat 14:00 dan 18:00 gacha): “Choshtepa” va “Mash’al” mahallalari, 220 ta xususiy uy va 3 ta ko‘p qavatli uy, ulgurji iste’molchilar: 8.
- Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): ulgurji iste’molchilar: 3.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga doir: Elektr va gaz tariflarining oshishi inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank tartibga solinadigan narxlarning oshishini kutmagan edi, regulyator bayonot berdi.
Izohlar