Ayol hakamlar mavsumda ilk bor O‘zbekiston Superligasida yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi
Mutaxassislar, shuningdek, bir nechta o‘yinlarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Superligasining 28-turida ayol hakamlar bir qator uchrashuvlarda faoliyat olib bordi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Tajribali hakam Kristina Sereda “OKMK — Navbahor” uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajargan bo‘lsa, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova “Nasaf — Mash’al” uchrashuvida AVAR hakami sifatida ishladi. “Surxon — Sho‘rtan” o‘yinida 2025-yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlaydi:
- Kristina Sereda va Zilola Rahmatova — hakam yordamchilari;
- Gulshoda Saitqulova — zaxira hakami;
- Dildora Rustamova — AVAR hakami.
Bu ayol hakamlarimizning Superligadagi ishtiroki va professional o‘sishida muhim qadamdir, — deyiladi xabarda.
Izohlar