Farg‘onada erkak qo‘shnisini tosh bilan urib o‘ldirdi
Mojaroga fuqarolar bo‘lisha olmagan yer uchastkasi sabab bo‘lgan.

Farg‘ona viloyatida yer mojarosi tufayli erkak qo‘shnisini tosh bilan urib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Millar.
Marhumning onasining so‘zlariga ko‘ra, voqea 5 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, qo‘shnilar o‘rtasidagi mojaroga yer masalasi sabab bo‘lgan — fuqarolar bog‘ni bo‘lishmagan. Voqeadan so‘ng, bosqinchi qochib, yashiringan. Marhumning besh nafar farzandi qolgan.
Ayblanuvchi qo‘lga olindi, ish nazoratga olindi, tergov boshlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda aka-uka qarindoshini o‘yinbozlik tufayli urib o‘ldirishgandi. Zararli odatni yo‘qotish istagi fojiaga va qamoq jazosiga aylandi.
Izohlar