O‘zbekiston AQSH bilan viza tartibini soddalashtirishga erishmoqchi
Prezidentning AQShga tashrifi sohani liberallashtirish uchun zamin yaratadi.

O‘zbekiston AQSH bilan fuqarolar va biznes vakillari uchun viza tartibini soddalashtirishni muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi viza rejimini liberallashtirish uchun shart-sharoit yaratadi. Imzolangan bitimlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jasurbek Choriyev yaqinda O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilganini eslatdi.
Fuqarolarimiz va biznes uchun ham yengillik berish masalasi ko‘rib chiqiladi, — deya qo‘shimcha qildi u.
Izohlar