O‘zbekiston

O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda

Sinoptiklarning qayd etishicha, havo harorati me’yordan bir necha daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

14-16 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. Bu noyabr oyining o‘rtalari uchun me’yoriy (o‘rtacha ko‘p yillik) qiymatlardan 3-5° ga yuqori. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank iqlim o‘zgarishini inflyatsion shoklar qatoriga kiritgandi. Anomal sovuq yoki issiq havo energiya ta’minotida uzilishlarga va iqtisodiyotda xarajatlarning oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, kutilmagan qurg‘oqchilik hosildorlikni pasaytirishi va ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari taklifini kamaytirishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная