Toshkentdagi bozorlar va savdo majmualarida maktab yarmarkalari ochiladi
Kanselyariya ayrim maktablar hududida ham sotiladi.

15-avgustdan 1-oktyabrgacha Toshkent shahridagi bozorlar va savdo majmualarida maktab yarmarkalari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Poytaxt hokimining qaroridan ko‘rinib turibdiki, yarmarkalar poytaxtning har bir tumanidagi ayrim maktablar hududida ham ishlaydi. Quyidagi nuqtalarda jami 287 ta maktab yarmarkasi ochiladi:
- “Qo‘yliq”, “Mirobod” (“Gospitalniy”), “Navro‘z”, “Sergeli”, “Qoraqamish”, “Farhod”, “Eski jo‘va”, “Aviasozlar” (“Kadisheva”), “Yunusobod”, “Askiya” va “Chilonzor” bozorlari;
- “Chilonzor”, “Chorsu” va “O‘rikzor” savdo majmualari.
Mavzuga doir: Xavfsiz oila: Toshkentda o‘smirlarni qanday qo‘llab-quvvatlashmoqda Markaz notinch oilalar farzandlariga barqarorlik va himoyalanganlik hissini topishga yordam beradi.
Izohlar