O‘zbekiston

Toshkentda yana kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

Quyoshning ta’sirini surunkali kasalliklarga chalingan odamlar eng ko‘p sezadi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 2-iyul kuni O‘zbekistonda kuchli «qizil darajali» magnit bo‘roni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 08:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 4 ballgacha pasayadi. 3-iyulga kelib, bo‘ron intensivligi 4 ballgacha pasayadi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.

Avvalroq O‘zbekistonda iyul oyi odatdagidan issiqroq bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная