Ijtimoiy tarmoqlarda savdo markazi avtoturargohida Malibu rusumli avtomobilni boshqarayotgan voyaga yetmagan bola tasvirlari tarqaldi. YHXBB holatga izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari bolaning shaxsini aniqlashdi, shundan so‘ng bola va uning ota-onasi profilaktik suhbat o‘tkazish va protsessual choralar ko‘rish uchun chaqirtirildi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan bolaning otasiga nisbatan 47-modda (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Xorazmda Damas haydab ketayotgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Yigit do‘stlarini sayr qildirishga qaror qildi, ota-onasi jazolandi.