Toshkentda ketma-ket ikki kun yuqori ultrabinafsha nurlanish kuzatiladi
Cho‘qqi tushlik vaqtiga to‘g‘ri keladi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 15 va 16-avgust kunlari Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning eng yuqori cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi va 15:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 9 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning “yuqori xavflilik sinfi” bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

16-avgust kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 9 ballni tashkil etadi. Eng yuqori cho‘qqi 12:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 ga yaqin pasayadi. Mutaxassislar quyoshda bo‘lmaslikni va imkon qadar himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi kuchli issiq allergiya keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilgandi. O‘zbekistonliklarga faollik yuqori bo‘lgan vaqtda quyosh ostida bo‘lmaslik tavsiya qilindi.
Izohlar