Toshkentga kirish-chiqish postlari ko‘chiriladi Toshkentga kirish-chiqish postlari ko‘chiriladi, deya xabar berdi poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Hakimov.
Toshkent hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini yaratish bo‘yicha yangilangan rejalarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, 10 ta ko‘chada BRT tizimi quriladi, ularning umumiy uzunligi qariyb 51 kilometrni tashkil etadi (eski taqdimotda 57,5 km edi).
Avvalroq Katta halqa yo‘li—Parkent ko‘chasi o‘rniga Alisher Navoiy—Beruniy ko‘chalari nam taqdimotida qo‘shilgan edi. Shunday qilib, prezidentga taqdim etilgan so‘nggi loyihaga ko‘ra, BRT tizimi ko‘chalarda quriladi:
- Shota Rustaveli (5,1 km),
- Shahrisabz (3,2 km),
- Amir Temur (5,7 km),
- Yangi Sergeli (5,3 km),
- Maxtumquli (1,3 km),
- Mirzo Ulug‘bek—Feruza—Yuzirobod (10,4 km),
- Lutfiy va Muqimiy (5,9 km),
- Nurafshon (3,7 km),
- Qoratosh—Ko‘kcha darvoza (4 km)
- Alisher Navoiy—Beruniy (6 km).
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 126 mln dollar sarflash rejalashtirilgan (eski taqdimotda 110 mln dollar edi). Shuningdek, tirbandliklarning oldini olish maqsadida Toshkent shahriga kirish-chiqish postlari ko‘chiriladi.
Mavzuga doir: Toshkentda yana qayerlarda yo‘l o‘rtasida avtobuslar uchun ajratilgan joylar paydo bo‘ladi? Prezidentga BRT tizimini kengaytirish loyihasi namoyish etildi.




















