Hodisa

Toshkentda yuk mashinasi va yo‘lovchi avtobusi yo‘lda to‘qnashib ketdi — video

Jabrlanganlar yo‘q, YHXX tergov boshlanganini ma’lum qildi.

29-sentyabr kuni Toshkentda yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi YTHga uchradi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 21:20 da Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yo‘lda Zil yuk mashinasi va Yutong yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini va oraliq masofani saqlashlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda piyodalar o‘tish joyida 8 kishini urib yuborgan haydovchi qamoqqa olingandi. Erkak juda katta tezlikda bolalar ham bo‘lgan bir guruh odamlarga kelib urilgan. Ayblanuvchi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, u 3 yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная