O‘zbekiston

Toshkent viloyatida jarima to‘lamagan haydovchilarning mashinalari olib qo‘yilmoqda

18 ta avtomobil allaqachon sotuvga qo‘yilgan.

Toshkent viloyati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limlari va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun to‘lanmagan jarimalarni undirish bo‘yicha qo‘shma reydlar o‘tkazmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.

Reydlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida muntazam o‘tkazilmoqda. Yil boshidan buyon umumiy qiymati 6,8 mlrd so‘mlik 3 562 ta ish bo‘yicha qarzdorlarning avtomashinalari borligi aniqlangan. Reydlar doirasida:

  • Qidiruvda bo‘lgan 1 112 ta avtotransport vositasi olib qo‘yilib, jarima maydonchalariga joylashtirilgan;
  • 908 ta ish bo‘yicha 968,3 mln so‘mlik jarimalar qanoatlantirilgan;
  • 52 ta ish bo‘yicha 1,1 mlrd so‘mlik 18 ta avtomashinani majburiy sotish yo‘li bilan baholash va sotish boshlangan.

Hozirda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan va qidiruvda bo‘lgan qarzdorlarning mashinalarini qidirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ba’zi haydovchilar jarima chegirmalaridan mahrum bo‘ladi. Prezident yo‘l qoidalarini surunkali buzuvchilar masalasiga e’tibor qaratdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная