O‘zbekiston

Toshkent viloyatida bolalarni zaharlash ishi bo‘yicha 7 kishi qamoqqa olindi

Ish to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIVga topshirildi.

Huquq-tartibot idoralari Toshkent viloyatidagi bolalar bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan yetti kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Kun.

Hibsga olinganlarning uch nafari oziq-ovqat sanoati korxonasi rahbarlari bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning mahsulotlari zaharlanishga sabab bo‘lgan. Avvalroq Shark Milk kompaniyasining kefiri shubha ostiga olingani xabar qilingandi.

Yana to‘rt kishi — bolalar bog‘chalariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi autsorsing kompaniyalari rahbarlari. Jinoyat ishi viloyat IIBdan to‘g‘ridan to‘g‘ri Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilgan.

Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakili Nurmat Otabekov 27 sentyabr holatiga ko‘ra, shifoxonalarda 700 nafarga yaqin bola davolanayotgani, ulardan atigi 13 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irligini ma’lum qilgandi. Shifoxonalarga jami 1922 nafar bola yotqizilgan, biroq ularning 959 nafarida tashxis tasdiqlanmagan.

Toshkent viloyatidagi yettita shifoxonada bolalar davolanishda davom etmoqda, Olmaliq, Nurafshon, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlaridagi bolalar bog‘chalari zaharlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Adolat” partiyasi Bosh prokuraturani Toshkent viloyatida bolalarni zaharlashda aybdorlarni jazolashga chaqirgandi. Deputatlar vaziyatni parlament nazoratiga olgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная