O‘zbekiston

Toshkent viloyati endi avvalgidek bo‘lmaydi

Islohotlar shtabi hududni isloh qilish rejasini tayyorlab qo‘ydi.

Фото: Президент осматривает проекты в Бостанлыкском районе

Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Viloyatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha so‘nggi 7 yildagi sa’y-harakatlar ishsizlik darajasini pasaytirish imkonini bermoqda, yil oxiriga qadar viloyatda ishsizlik va kambag‘allik darajasini 4,5 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan. Natijalarni yanada oshirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent viloyatida ham islohotlar shtabi tashkil etildi. Yig‘ilishda shtab tomonidan tayyorlangan dastur va loyihalar taqdimot qilindi.

Jumladan, Nurafshon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida xorijiy investitsiya ishtirokida sanoat korxonalarini tashkil etish uchun 2 ta nimstansiya qurish ko‘zda tutilmoqda.

Bekobod shahrida import o‘rnini bosuvchi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, Oqqo‘rg‘on tumanida oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalarini ochish, Ohangaron, Angren va O‘rta Chirchiq hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanali bo‘yida turizm va savdo maskanlarini tashkil etish imkoniyati bor.

Umuman, viloyatda 2 milliard 500 million dollarlik investitsiyaviy loyihalar ishlab chiqilgan. Ularning natijasida 11 mingdan ziyod aholi bandligi ta’minlanadi, 434 million dollarlik eksport quvvati yaratiladi.

Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud. Asosiysi, viloyat yurtimizdagi eng yirik iste’mol va xizmatlar bozorini, ya’ni poytaxtimizni har tomondan o‘rab turadi. Bu ham juda katta imkoniyat. Uni to‘liq ishga solib, investitsiya, eksport va ish o‘rni ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirsa bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyatdagi 263 ta mahalla biror mahsulot yetishtirish, sanoat yoki xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashmagan. Shu bois, ularda bog‘dorchilik, limon, uzum, malina, brokkoli va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish mo‘ljallanmoqda. Bu mahallalarga “Agrostar” kompaniyasini bog‘lab, urug‘, ko‘chat va kafolatli xarid bo‘yicha odamlarga yordamlashish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная