Salqin va shamol: haftalik ob-havo
O‘zbekiston hududiga sovuq havo kirib kelishi davom etadi.

12-14-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
12 va 13-sentyabr kunlari respublika hududining katta qismida quruq va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 30-35° atrofida, janubda kunduzi 37-39° gacha bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25° gacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlarida haroratning pasayishi boshlanadi. Kunduz kunlari havo harorati 25-30°, janubda 33-35° dan oshmaydi. 12 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda kunduzi, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 33-35°, shanba kuni 31-33°, yakshanba kuni 27-29° bo‘ladi. Harorat kechasi asosan 16-19° iliq bo‘ladi.
Kelgusi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° gacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izohlar