Quruq va shamolli: 21-avgust uchun ob-havo
Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

21-avgust kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 34-36° issiq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq;
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Izohlar