O‘zbekiston

Prezident hokimlarga ob-havo sharoitini bahona qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev bunday sharoitda har bir eksport bozori mamlakat uchun nihoyatda muhimligini aytdi.

30-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish uchun yangi zaxira va imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari yig‘ilishda xalqaro vaziyat kun sayin o‘zgarib, “anomal issiq” va “anomal sovuq” tushunchalari yildan-yilga odatiy holga aylanib borayotganiga e’tibor qaratdi. Prezidentimiz bunday sharoitda har bir eksport bozori mamlakatimiz uchun nihoyatda muhimligini ta’kidladi.

“Zarur hollarda eksport bozori iqtisodiy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois soha mas’ullari va hokimlar ob-havoni bahona qilavermasdan, sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga o‘tishi zarurligi qayd etildi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

За последние 6 месяцев экспорт продуктов питания вырос на 44% и составил 1 млрд 326 млн долларов. География экспорта увеличилась до 16 стран. Вместе с тем Ташобласть, Сурхандарьинская область и Каракалпакстан отстают по темпам экспорта фруктов, овощей и продуктов питания от остальных регионов. Навоийская область также не смогла достичь показателей 2024 года.

“Ushbu hududlar va ularga Hukumatdan biriktirilgan vakillar bu boradagi ishlarini faollashtirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston eksporti texnologik jihatdan murakkablashmoqda — ITIM Mutaxassislar so‘nggi yetti yil ichida bu sohada ro‘y bergan o‘zgarishlarni o‘rganib chiqqan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная