O‘zbekiston

Pensiya jamg‘armasi XVJning pensiya yoshini oshirish taklifiga munosabat bildirdi

Jamg‘armaning ma’lum qilishicha, har qanday o‘zgarishlar aholi bilan muhokama qilinganidan keyingina amalga oshiriladi.

Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Xalqaro ekspertlarning pensiya islohoti bo‘yicha takliflari ularning mamlakat sharoitiga mosligi, aholi turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari nuqtai nazaridan tahlil qilinmoqda.

“Pensiya ta’minoti tizimidagi har qanday o‘zgarishlar, jumladan, pensiya yoshi masalasida ham xalqning fikri va manfaatlarini inobatga olgan holda, keng jamoatchilik muhokamasidan keyin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi shart. Pensiya ta’minoti bo‘yicha real ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishni unutmang”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq XVJ O‘zbekistonni pensiya yoshini oshirish zarurligiga ishontirayotgani haqida xabar berilgandi. Rasmiylar ikkilanmoqda va allaqachon islohotlarni tayyorlash muddatini o‘tkazib yubordi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная