Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya miqdorini qanday bilsa bo‘ladi?
Mablag‘lar fuqaroning mehnat faoliyati davrida jamg‘ariladi.

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga jamg‘arib boriladigan pensiya miqdorini qanday bilish mumkinligini tushuntirdi.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, fuqarolar ushbu havola orqali mehnat faoliyati davri uchun jamg‘arilgan pensiya mablag‘lari miqdorini bilib olishlari mumkin.
Ma’lum qilinishicha, jamg‘arilgan pensiya mablag‘lari davlat pensiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan va fuqaro pensiya yoshiga yetganda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik to‘lov hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston pensiya tizimi xususiy qo‘llarga berilmaydi. Hozirda agentlikning mas’ul tuzilmalari tomonidan barcha takliflar o‘rganilmoqda.
Izohlar