O‘zbekistonliklarga moped va skuter haydashda hujjatlar bo‘lishi kerakligi eslatildi
Yangilik 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

YHXX o‘zbekistonliklarga 1-oktyabrdan boshlab moped va skuterlarni boshqarishga faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng va “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lgandagina ruxsat berilishini eslatdi.
Qoida dvigatelining ishchi hajmi 25 sm³ dan 50 sm³ gacha, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gacha va konstruktiv tezligi 25 dan 50 km/soat gacha bo‘lgan foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Haydovchilardan oldindan ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan qonunchilik talablariga rioya qilish so‘ralgan.
Avvalroq O‘zbekistonda Shaxsiy harakatlanish vositalari operatorlari uyushmasi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi. Platforma operatorlar ishini tahlil qiladi, bozor ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qiladi va barqaror shahar transporti sohasidagi innovatsiyalarni joriy etadi.
Izohlar