O‘zbekistonliklar issiq kuchayishi haqida zudlik bilan ogohlantirildi
O‘zbekiston hududiga janubdan issiq havo kirib kelmoqda.

Sinoptiklar mamlakatga kirib kelayotgan jazirama fonida o‘zbekistonliklarga shoshilinch murojaat qilishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 2-5-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo kirib kelishi kutilmoqda. Xususan, 2-iyulda respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5-iyulda respublika hududining katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, 3-5 iyul kunlari ba’zi joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan FVV fuqarolarga avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyalar ostida qoldirmaslikni va ko‘chada ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda iyul oyi odatdagidan issiqroq bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar