O‘zbekistonda tuxum yetishtirish bo‘yicha yetakchi mintaqa nomlandi
Mahsulot Surxondaryoda eng kam ommalashgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda 4 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,2% ga oshgan. Hududlar bo‘yicha tuxum yetishtirish hajmi:
- Toshkent viloyati — 709,5 mln dona;
- Samarqand viloyati — 596,3 mln dona;
- Namangan viloyati — 330,9 mln dona;
- Farg‘ona viloyati — 324,9 mln dona;
- Andijon viloyati — 314 mln dona;
- Surxondaryo viloyati — 296,1 mln dona;
- Qashqadaryo viloyati — 255,4 mln dona;
- Xorazm viloyati — 253,3 mln dona;
- Buxoro viloyati – 249,9 mln dona;
- Navoiy viloyati — 215,5 mln dona;
- Qoraqalpog‘iston — 200,4 mln dona;
- Jizzax viloyati — 183,6 mln dona;
- Sirdaryo viloyati — 92,6 mln dona.
Eslatib o‘tamiz, prezident go‘sht, sut va tuxum narxlari barqarorligini nazorat qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergandi. Shavkat Mirziyoyev vazifani uddalay olmaganlar ishdan bo‘shatilishini aytgan.
Mavzuga doir: Rasman: O‘zbekistonda go‘sht juda arzon. Kimgadir boshqacha tuyulsa, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Shvetsiya, Islandiya va Koreyadagi narxlarni ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Izohlar