O‘zbekiston

Prezident mutasaddilarga go‘sht, sut va tuxum narxlari barqarorligini nazorat qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev vazifani uddalay olmaganlar ishdan bo‘shatilishini aytdi.

Prezident mutasaddilarga go‘sht, sut va tuxum narxlari barqarorligini nazorat qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni boshlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari mutasaddilardan go‘sht, sut va tuxum narxlari barqarorligini nazoratga olishni talab qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Mamlakatda go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxlari keskin oshib ketmasligi, kompaniyalar esa “soya”da ishlamasligi uchun QQSning yarmini keshbek shaklida qaytarish tartibi tasdiqlandi. Rasmiylar naqd pulni qaytarishni bir kun ham kechiktirmaslik haqida ogohlantirildi.

“Hokimlarni ham ogohlantiraman, ushbu yangi mexanizm asosida go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart. Buni eplay olmaganlari ishdan ketadi”, — dedi prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, mamlakatda sud qarorlarining o‘z vaqtida ijro etilmasligi bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar mavjudligini ta’kidladi. 2024-yilda LAOGga yuborilgan har beshinchi sud qarori ijroga qaratilmagani tanqid qilindi.

Mavzuga doir: Rasman: O‘zbekistonda go‘sht juda arzon. Kimgadir boshqacha tuyulsa, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Shvetsiya, Islandiya va Koreyadagi narxlarni ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Izohlar

Mavzuga oid