O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga 4,5 mln dona avtomobil tegishli bo‘lib, ularning aksariyati yengil avtomobillardir, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-aprel holatiga ko‘ra, yengil avtomobillar umumiy miqdorning 93 foizini tashkil etadi. Qayd etilishicha, 2025-yilning so‘nggi uch oyida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan. Mutaxassislar jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillarning quyidagi turlarini aniqladi:

  • yengil – 4,2 mln dona;
  • yuk – 293,3 ming;
  • mikroavtobuslar – 7,7 mingta;
  • maxsus avtomobillar – 7,4 ming dona;
  • avtobuslar – 6,1 ming dona.

Avvalroq Toshkent viloyatida jarima to‘lamagan haydovchilarning mashinalari olib qo‘yilayotgani haqida xabar berilgandi. 18 ta avtomobil allaqachon sotuvga qo‘yilgan.