O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida AQSHga viza berishda eng ko‘p rad javobini olmoqda
Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston joylashdi.

O‘zbekiston 2024-yilda AQSH turistik va biznes vizalarini (B1/B2) rad etish foizi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi, deyiladi AQSH Davlat departamenti hisobotida.
O‘zbekistonlik arizachilarning yarmidan ko‘piga AQShga viza berish rad etildi. Hisobotdan quyidagilar kelib chiqadi:
- O‘zbekiston – 64,41%;
- Turkmaniston – 58,80%;
- Qozog‘iston – 46,29%;
- Tojikiston – 45,24%;
- Qirg‘iziston – 39,14%.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Amerika vizasi uchun ariza beruvchilarning ijtimoiy tarmoqlarini ko‘rib chiqadi. Foydalanuvchilar sahifalarida AQSH fuqarolariga nisbatan dushmanlik munosabatini ifodalovchi yozuvlar maqbul hisoblanmaydi. AQSH diplomatik vakolatxonalari terrorizmni qo‘llab-quvvatlash, antisemitizm va milliy xavfsizlikka tahdidlarni aniqlashlari shart. May oyida xavfsizlik tartiblari qayta ko‘rib chiqilgani sababli talabalar vizalarini berish ham to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Izohlar