O‘zbekiston

O‘rtacha issiq, yog‘ingarchiliksiz: dam olish kunlariida ob-havo

Faqat respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Фото: ситуативное

16-17-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Faqat Qoraqalpog‘istonda 16-avgust kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan 15-16 avgustda 30-35°, janubda 38° gacha bo‘ladi. Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda va havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 15 va 16-avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, 17-avgust yakshanba kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 10-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-21°, kunduzi 15-16 avgustda 32-35°, 17 avgustda 28-30° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная