O‘rtacha issiq va shamol: 29-iyul uchun ob-havo
Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin.

29-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha pasayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonli kuchli shamol esishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Avvalroq sinoptiklar o‘zbekistonliklarni qaysi avgust kutayotgani haqida ma’lum qilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar