Namangan viloyatida akvaparkli keng ko‘lamli turistik zona quriladi
Loyiha Norin daryosi bo‘ylab kengaytirilgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov daryo bo‘yida “turizm mega-loyihasi” qurilishiga start berdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar loyihani Uchqo‘rg‘on tumanidagi Norin daryosi bo‘yida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Hokimga daryo bo‘yi hududlari, shuningdek, yirik kanallar atrofida turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar taqdim etildi.
Xususan, hokimiyat 30 gektar maydonda akvapark, gullar bog‘i, amfiteatr, kapsulali dam olish xonalari, interaktiv attraksionlar, restoranlar va sayr qilish zonasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu hududda 450 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Namangan viloyati hokimiga Norin GESlar kaskadi atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Masalan, Uychi tumanining Bo‘ston mahallasida dam olish zonasi, basseyn, sport maydoni va kemping zonasidan iborat turizm loyihasini yaratish rejalashtirilgan. Yana 20 gektar yer ko‘p qavatli uylar massivi hamda yana bir turizm zonasi barpo etish uchun ajratiladi.
Avvalroq Surxondaryoda yangi “Sangardak” turistik markazi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Hokimiyat hududda to‘rtta mehmonxona va o‘nta mehmon uyini joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Izohlar