7-avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumanida xonanda Jennifer Lopesning konserti o‘tkazilishi munosabati bilan avtomobillar harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida jahon estrada xonandasi Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Chilonzor tumanining quyidagi ko‘chalarida soat 12:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi:

  • Cho‘ponota—Qatortol ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan uchastka;
  • Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor—Kichik halqa yo‘li ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan uchastka;
  • ikkinchi darajali Bunyodkor ko‘chasi: KHAYdan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qism.

Eslatib o‘tamiz, Jennifer Lopesning konserti munosabati bilan Toshkentda bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yildi. Transport tomoshabinlarni konsert o‘tkaziladigan joyga olib boradi va qaytarib olib keladi.