O‘zbekiston

Issiq va quruq: 2-avgust uchun ob-havo

Faqat tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik va kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

2-avgust kuni O‘zbekistonda 40 darajagacha issiq, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 32-34° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 13-18°, kunduz kuni 23-28° bo‘ladi.

Avvalroq avgust oyi boshida ob-havo yanada qulay bo‘lishi xabar qilingandi. Sinoptiklar dam olish kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot bergan.

Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная